LEYKOBIRIKMALAR

LEYKOBIRIKMALAR — indigoid, xinoimin, antraxinon, oltingugurtli va b. boʻyagichlarning qaytaruvchi muhitda olingan shakllari. Boʻyagichlarning Leykobirikmalarga aylanish jarayonida ulardagi qoʻsh bogʻlar (S=O, C=NR, C=C) yoki oltingugurtli boʻyagichlarda disulfid S—S bogʻlarning qaytarilishi natijasida aromatik qoldiqlardagi bogʻlar tavsifi oʻzgaradi. Mas, xinoid halqalar benzoid koʻrinishiga oʻtadi. Bu jarayon pirovardida boʻyagichlarning rangi ham oʻzgaradi. Leykobirikmalarning aksariyati suvda yaxshi eriydi, odatda, rangsiz yoki och rangli boʻladi. Havodagi kislorod, RYO2, S12, N2O2 taʼsirida Leykobirikmalar oson oksidlanib boshlangʻich boʻyagichlarga aylanadi. Baʼzi Leykobirikmalar, mas, leykoxinizarin, leyko-1,4 diaminoantraxinon boshlangʻich boʻyagichlarga nisbatan reaksiyaga shiddatliroq kirishadi. Shu sababli kislotali va dispers boʻyagichlar i. ch. da oraliq mahsulot sifatida foydalaniladi.

Prev Article

LEYKO...

Next Article

LEYKODERMA