LITKE Fyodor Petrovich (1797.17.9 — Peterburg — 1882.8.8) — rus dengizchi sayyohi va geografi. Arktikani tadqiq qilgan. Graf (1866), admiral (1855), Peterburg FAning muxbir aʼzosi (1829), faxriy aʼzosi (1855) va prezidenti (1864). Bir necha rus va xorijiy ilmiy muassasalarning faxriy aʼzosi, Parij FAning muxbir aʼzosi. 1817—19 y. larda V. M. Golovnin rahbarligida dunyo aylana sayohatda ishtirok etgan. 1821—24 y. larda Novaya Zemlya o. lari sohillarini, Barens va Oq dengizlarni tadqiq etgan ekspeditsiyaga boshchilik qilgan. 1826—29 y. larda dunyo aylana ekspeditsiyaga rahbarlik qilib, Bering dengizi sohillarini oʻrgangan. Karolina arxipelagidagi 12 orolni kashf qildi. Litke Rossiya Geografiya jamiyatiga 1845 — 50 va 1857—72 y. larda rahbarlik qilgan. 1873-y. da Rossiya Geografiya jamiyati Litke nomida Katta oltin medal taʼsis etdi. Novaya Zemlya o. laridagi burun, yarim orol, tog va qoʻltiq, Frans-Iosif Yeridagi orol va b. L. nomiga qoʻyilgan.
As: Chetыrexkratnoye puteshestviye v Severnыy Ledovitыy okean na voyennom brige «Novaya Zemlya» v 1821 — 1824 godax, 2 izd., M., 1948; Puteshestviye vokrug sveta na voyennom shlyupe «Senyavin» v 1826—29 gg., 2 izd., M., 1948.
Ad.: Alekseyev A. I ., Fyodor Petrovich Litke, M., 1970.