LOLA

LOLA (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda Lola koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida Lolaning yovvoyi 25 turi usadi. Lolaning qizil L (T.greigii) va targil Lola (T.fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa Lola lardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hoz. vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang L. ning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va b. xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20 — 30, baʼzan 50 sm gacha. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3 — 6 sm. Lola, asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyuniyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sent.-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.

Oʻrta Osiyoda tabiiy Lolalar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy Lola larning (Gollandiya L. lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo L. lari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida Lola oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida Lola lar. qadimdan eʼzozlanadi (q. Lola sayli).

Prev Article

LOKOMOTIV

Next Article

LOLA SAYLI