LOLADARAXT, liriodendron (Liriodendron) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub, bargi toʻkiladigan daraxtlar turkumi. 2 turi (L.tulipifera Shim. Amerikada va L.chinense Markaziy Xitoyda) 6op. L.tulipiferaning boʻyi 60 m cha, diametri 3,5 m cha. Poʻstlogʻi kulrang yoki qizgʻish-qoramtir. May — iyunda gullaydi (gullari lolaga uxshagani uchun Loladaraxt deyiladi). Poʻstlogʻida oshlovchi moddalar bor. Yogʻochining xususiyatlari teraknikiga yaqin. Mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, q. x. mashinasozligida, qogʻoz sanoatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Oʻzbekistonning Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand va b. shaharlarida Loladaraxtning keksa va yosh tuplari bor. Loladaraxtni urugʻidan koʻpaytirish usullari Oʻzbekiston FA Botanika ishlab chikarish markazining Botanika bogʻida ishlab chiqilgan.