Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

LOTIN IMPERIYASI

LOTIN IMPERIYASI — 4-salib yurishi ishtirokchilari tomonidan bosib olingan Vizantiya hududida barpo qilingan davlat (1204). Poytaxti — Konstantinopol sh. Imperatorning bevosita mulklaridan tashqari, Lotin imperiyasi tarkibiga Fessaloniki qirolligi, Axey knyazligi va Afina gersogligi va b. kirgan. 1261-y. da Nikeya imperatori Konstantinopolni egallab, oʻz poytaxtini shu shaharga koʻchirgach, Lotin imperiyasi barham topgan.

Prev Article

LOTIN AMERIKASI

Next Article

LOTIN TILI