LUKYANOV Yuriy Vasilyevich (1934.14.7, Saratov viloyatining Engels sh.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (1964). 1964-y. dan Urganch sh. dagi 12-maktab, qurilish texnikumida, 1982 — 98 y. larda 94-internat maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. Oʻquvchilar bilan jismoniy tarbiya darslarini, soglomlashtirish ishlarini zamon talabi darajasida olib bordi.