MAGNETIT

MAGNETIT (magnit temirtosh) — murakkab oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — FeFe2O4 Tarkibi va xususiyatlari oʻzgaruvchan boʻlib, vujudga kelish sharoitiga bogʻliq. Kub singoniyada kristallanadi, oktaedr kristallar va rombdodekaedr koʻrinishdagi yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi qoʻngʻir qora, metalldek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0; zichligi 5200 kg/m3. Kuchli magnit xossasiga ega. Tarkibida titan (1U)-oksid (TYU2) boʻlsa titanmagnetit va xrom (Sh)-oksid (0,0,) boʻlsa xrommagnetit deb ataladi. Magmatik togʻ jinslarida, gidrotermal konlarda, baʼzan choʻkindi jinslarda uchraydi. Magnetit temir olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Magnetitning yirik konlari gabbro va gabbropiroksenit-dunitli formatsiyalarning magmatik jinslari, siyenitlar, oʻta asosli ishqorli jinslar va karbonatitlar, kontakt-metasomatik tuzilmalar, vulkanogen-choʻkindi jinslar bilan bogʻliq. Magnetitning eng katta konlari Rossiya (Kursk magnit anomaliyasi), Ukraina (Krivoy Rog, Kremenchug temir ruda konlari), Shvetsiya, AQSH va b. mamlakatlarda bor.

Prev Article

MAGNETIKLAR

Next Article

MAGNETOKIMYO