«MAHALLA» — ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy gazeta. Muassisi: Oʻzbekiston Oqsoqollar Kengashi va Respublika «Mahalla» jamgʻarmasi. 1996-y. yanv. dan boshqarish organlari, xususan, mahallalar faoliyatini keng yoritadi, mahallalarda amalga oshirilayotgan ijobiy tajribalarni ommalashtiradi. Adadi — 10 000 (2003). Bosh muharriri Chori Latipov.