MAHMUDOV

MAHMUDOV Joʻra (1942.4.1, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971—75 y. lar Oʻsh, 1975—78 y. lar Samarqand, 1983—94 y. lar Sirdaryo teatrlarida bosh rej., 1978—83 y. lar televideniyeda, 1997 — 2002-y. lar Yosh tomoshabinlar teatrida rej., 1994—97 y. lar Madaniyat ishlari vazirligida yetakchi mutaxassis boʻlib ishlagan. Sahnalashtirgan spektakllari: «Ona» (K. Chapek), «Qiyomat qarz» (Oʻ. Umarbekov). «Insonlikka nomzod» (M. Karimov), «Ogʻriqtishlar» (A. Qahhor), «Soxta oqsuyak» (J. Molyer), «Qayerdasan, jon bolam» (M. Bo-boyev), «Qirol Lir» (U. Shekspir) va b. M. har bir spektaklni badiiygʻoyaviy yuksakligi, taʼsir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan. Mahmudovning «Adolat kuni», «Ovsinlar», «Sadoqat» kabi sahna asarlari. «Osmondan tanga yoqqan kun», «Tomchi», «Alpomish», «Ikkivoy va Beshvoy» kabi kichik tomoshabinlarga bagʻishlangan ertak-pyesalari ham bor.