MAJOR

MAJOR (lot. major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik laylardan biri (aksi — minor). Yevropa musiqasida 16— 17-a. lardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. Major tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, «ijobiy» his-tuygʻular xosdir. Major va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3 – pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy Major koʻproq uchraydi.

Prev Article

MAJOZ

Next Article

MAJRUMSOY