MAKEDONIYA, Qadimgi Makedoniya — Bolqon ya. o. dagi qad. davlat (mil. av. 5 — 2-a. lar). 4-a. ning oʻrtalarida podshoh Filipp IIM. hududlarini birlashtirgan, 359-y. dan 338-y. gacha Fokida, Fessaliya, Xalqidika, Frakiya va b. ni qoʻshib olgan. 338-y. da Filipp II Xeroneya yaqinida yunon polislarining birlashgan qoʻshinlarini tormor keltirib, butun Yunonistonni Makedoniyaga boʻysundirgan. Uning oʻgʻli Aleksandr (336—323-y. da podshoxlik qilgan) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettirib, Axomaniylar davlatiii bosib olgan va yirik monarxiya barpo qilgan. Hoz. Oʻrta Osiyo hududi ham unga tobe boʻlgan. Mustahkam boʻlmagan bu monarxiya Aleksandr oʻlimidan soʻng tezda parchalanib ketgan. Makedoniya qoʻl ostida faqat Yunoniston qolgan, u ham 229-y. koʻpgina kurashlardan keyin mustaqillikka erishgan. Makedoniyaning oʻzida esa taxt uchun diadoxlar oʻrtasidagi kurashlar natijasida antigoniylar sulolasi qaror topgan. Rim bilan boʻlib oʻtgan Makedoniya urushlari (215—205, 200—197, 171 — 168) natijasida Makedoniya toʻla magʻlubiyatga uchragan va mil. av. 148-y. Epir va Jan. Illiriya bilan birgalikda Rim viloyatiga aylantirilgan.