MAKTAB

MAKTAB — 1) oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. Maktabni kuyidagi turlarga boʻlish mumkin: a) beriladigan bilimning xarakteriga kura — umumiy va professional; b) bilimning koʻlamiga koʻra — boshla-ngʻich (yoki quyi), oʻrta, oliy; v) kimning qaramogʻida boʻlishiga qarab — davlat, munitsipal (jamoa) va xususiy; g) oʻquvchilar jinsiga koʻra — aralash (har ikki jinsdagi oʻquvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi,d) dinga nisbatan — dunyoviy vadiniy (konfessional); ye) bolalar Maktabda boʻlish vaqtiga qarab — qatnab oʻqiydigan Maktab va tunab qolinadigan Maktab (pansion, internat va t. k.). Oʻzbekistonda Maktab, asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir. Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. OʻzR ning 1997-y. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qoluni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha Maktab larda oʻquvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan. Boshlangʻich va oʻrta Maktab larda taʼlimning asosiy shakli — dars, oʻrta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda — leksiya.

Ilk Maktablar qad. Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va b.)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar Maktab lari boʻlgan. Yevropada dastlabki Maktablar taxminan mil. av. 6-a. da Yunonistonda, mil. av. 4-a. da Qad. Rimda vujudga kelgan.

Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan Maktab maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda Maktablar tipidan yana Madrasa, qorixonank koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi Maktab hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan.

Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan Maktablar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876-y. dan gimnaziya, real Maktab, muallimlar seminariyasi va b. xil Maktablar ochilgan. Rus Maktab larining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. 19-a. oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M. lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida Maktab lardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda Maktab ishlari yuksak surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy oʻrta taʼlim maktabi (6 mln. dan ortiq oʻquvchi), 224 oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurti (223 ming oʻkuvchi), 61 oliy oʻquv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. Xalq taʼlimi, Boshlangʻich maktab, Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Akademik litsey, Kasb-hunar kolleji, Oliy oʻquv yurtlari; 2) fan, adabiyot, sanʼat, ijtimoiysiyosiy hayot va sh. k. da oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻnalish, oqim (mas, geolog olim Habib Abdullayev maktabi va h. k.).

Maktab atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum vilo-yat meʼmorligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi).

Rohatoy Safarova, Laylo Shermamatova.