MALAKKA

MALAKKA — Osiyoning jan.-sharqiy qismidagi yarim orol. Hindixitoy ya. o. ning janubiy qismi. Gʻarbdan Andaman dengizi va Malakka boʻgʻozi, sharkdan Jan. Xitoy dengizi va uning Siyom qoʻltigʻi oʻrab turadi. Uz. 1300 km chamasi. Mayd. 190 ming km2. Kengligi eng tor joyida 40 km. Shim. chegarasi Kra boʻyni (10° sh. k.) orqali oʻtadi. Baʼzan Malakkaga Kra boʻynidan shimolroqdagi hududni (taxm. 13° sh. k. gacha, Myanmaning bir qismini) ham kiritadilar. Malakkaning shim. qismi Tailand, jan. Malayziya (Gʻarbiy Malayziya) hududi. Malakkaning yer yuzasi past va oʻrtacha balan-dlikdagi togʻlardan iborat. Eng baland joyi — Taxan choʻqqisi (2190 m). So-hillari botqoklashgan pastekislik. Mezozoy granitlari orasida qalay va volfram konlari bor. Oltin, mis, temir, molibden, qoʻrgʻoshin, rux, boksit, koʻmir konlari topilgan. Iklimi jan. da ekvatorial, shim. da subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000—2000 mm, togʻlarda 4000 mm gacha. Qalin tropik oʻrmonlar, sohil qismi mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Sholi, kauchukli oʻsimliklar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Malakkada Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur sh. joylashgan.

Prev Article

MALAKALI MEHNAT

Next Article

MALAKKA BOʻGʻOZI