MALI — oʻrta asrlarda Gʻarbiy Sudanda Senegal va Niger daryolari yuqori havzasida mavjud boʻlgan davlat (taxm. 8—17-a. lar). Ilk bor al-Yaʼqubiy (9-a.) tomonidan Mallal nomi bilan qayd etilgan. 13-a. 1 – choragigacha Gana davlatiga qaram boʻlgan. 14-a. 1-choragida (M. davlatining eng ravnaq topgan davri) Mali hududi Atlantika okeanidan AdrarIforas platosigacha choʻzilgan. Bu davr uchun Mali davlatining batafeil bayonini arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Battuta asarlarida uchratish mumkin. Malida ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron boʻlgan; qulchilik ham mavjud edi. Mali iqtisodida Shim. Afrika va Misr bilan karvon savdosi muhim oʻrin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chetdan esa tuz va hunarmandlik buyumlari keltirilgan. Yirik markazlari (Jenis, Tombuktu, Gao)da Gʻarbiy Sudanning madaniy rivojida muhim rol oʻynagan musulmonlar manzilgohlari (koloniyalari) mavjud boʻlgan, 14-a. ning 60-y. laridan oʻzaro ichki nizolar natijasida Mali tanazzulga uchray boshlagan, 16-a. da M. Songan davlatiga qaram boʻlib qolgan.