MANBA

MANBA — daryoning boshlanish (suv oladigan) joyi (muzlik, qorlik, bulok,, botqoqlik). Koʻpincha, Manba deb oqimning doimiy oʻzani boshlanadigan joyga aytiladi. Koʻp sonli Manbaga ega boʻlgan dare sistemasida uzoqroqdagisi va eng sersuvlisi bosh M. hisoblanadi. Baʼzida daryoning bosh oʻzani va uning Manbasi turli nomlarda boʻlishi mumkin, mas, AmudaryoPanj va Vaxsh daryolari, SirdaryoNorin va Qoradaryo, Zaraf-shon — Mastchoh va Fondaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi.

Prev Article

MANAT

Next Article

MANBASHUNOSLIK