MANSUR

MANSUR, al-Mansur, Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad (707 — 775) — abbosiylar sulolasiga mansub xalifa (754—775). Yirik davlat arbobi. Maʼmuriymoliya islohotini oʻtkazgan. Savdo va xunarmandchilikni taraqqiy etishiga rahnamo boʻlgan. Xalifalik chegarasini yanada kengaytirish maqsadida poytaxtni Al-Xoshimiyya degan joydan hoz. Bagʻdod oʻrniga koʻchirib, shu bilan Bagdod sh. ga asos solgan (762-y.). Barmakiylar xonadoniga mansub vazirlar koʻmagida davlatni idora qilgan.

Prev Article

MANSARDA

Next Article

MANSUR