MARDLAR, amardlar — mil. av. 1ming yillikda Kaspiy dengizining jan. sohillarida yashagan koʻchmanchi qad. xalq. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) ning yurishlari bayon qilingan asarlarda Mardlar mamlakati qashshoq ekanligi tufayli axomaniylar nazariga tushmaganligi, uning mustaqil ekanligi bayon etilgan.
Dastlab, Aleksandrdan, keyinchalik mil. 2-a. ning 1-yarmida Parfiya podshohi Fraat I tomondan magʻlub boʻlgan Mardlar Rey sh. atrofiga koʻchirilganlar. Mardlar yashagan yerlar tapurlar tomonidan egallangan. Safidrud daryosi (Eron) M. nomidan Amard deb ham atalgan.