MARHAMAT

MARHAMATAndijon viloyatidagi shahar (1974-y. gacha Russkoye selo deb atalgan posyolka). Marhamat tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi (Andijon sh.)dan 40 km, yaqin t. y. stansiyasi — Asaka (25 km). Aholisi 11,7 ming kishi (2000). Shahar chekkasidan Jan. Fargʻona kanali oʻtadi. Marhamatda qad. Davan podsholigining Ershi sh. (keyingi nomi Mingtepa) ning xarobalari saqlangan. Xitoyliklar mil. av. 101-y. da 60 ming kishilik qoʻshin bilan Fargʻona vodiysiga bostirib kelib Ershi sh. ni qamal qilganlar (q. Ershi mudofaasi). Tarixiy manbalarda yozilishicha, shahar strategi k jihatdan qulay yerda joylashgan, uning atrofi 6 m balandlikdagi qalʼa devori bilan oʻralgan. Shaharning 2 ta darvozasi boʻlib, ular sharq va gʻarb tomonga qaragan. Qalʼa atrofida minorali bir qancha tepaliklar (Alitepa, Oqtepa, Jingʻirtepa va b.) boʻlgan. Tarixda Andijon qoʻzgʻoloni (1898) nomini olgan Dukchi eshon qoʻzgʻoloni hoz. Marhamat oʻrnidagi Mingtepa qishlogʻi va uning atrofida boshlangan. Qoʻzgʻolon shafqatsiz bostirilgach, rus mustamlakachilari mahalliy aholidan ayovsiz oʻch olgan. Mingtepa qishlogʻi yer bilan yakson qilinib, unin4. oʻrnida rus selosi qurilgan.

Marhamatda elektrotexnika z-di, ip yigiruv va toʻquv f-kasi, «Dilshod», «Mingtepa» non z-di, «UzRospodshipnik» qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Milliy, Xalq banklarining tuman boʻlimlari, avtostansiya binolari, dehqon bozori, savdo markazi bor. M. shahrida melioratsiya va suv xoʻjaligi, agrobiznes kollejlari, 2 litsey, gimnaziya, 5 umumiy taʼlim maktabi, markaziy, bolalar, koʻzi ojizlar kutubxonalari, 2-jahon urushi qahramoni T. Mirzayev nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, hamda xiyoboni, bay nalminalchijangchilar xiyoboni mavjud. Marhamat bilan viloyat markazi, Fargʻona viloyati shaharlari hamda Oʻsh viloyatidagi Qizilqiya sh. orasida avtomobil transporti qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Prev Article

MARGʻILONSOY

Next Article

MARHAMAT TUMANI