MARIYA — xristianlikda xudo-ona, Iso Masihning onasi. Injilda aytilishicha, M. Iosifning xotini boʻlib, ilohiy homilador boʻlgan va Isoni tuqqan. Xristianlikda Mariyaga sigʻinish majusiylikdagi xudo-ona, hosildorlik maʼbudasi (Isida, Astarta)ga sigʻinish taʼsirida shakllangan. Z-Ja-hon soborida (431-y.) M. xudoning onasi deb rasman tan olingan. Mariyaga sigʻinish, ayniqsa, katoliklarda keng ta-rqalgan. Katolitsizmda Mariyaning oʻzi ham ilohiy homiladorlik bilan tugʻilganligi haqida (1854-y.), M. vafotidan soʻng uning jasadi osmonga koʻtarilib ketganligi haqida (1950-y.) aqidalar qabul qilindi. 1964-y. papa Pavel VI M. ni cherkov onasi deb eʼlon qildi. Mariya va uning goʻdagi mavzusi oʻrta asr sanʼatida katta oʻrin egallaydi. Mariya islom dinida ham ayollar valiysi, homiysi sifatida ilohiylashtirilgan, uning nomi Qurʼonda tilga olingan (q. Bibi Maryam).