Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MARJONBULOQ QIRLARI

MARJONBULOQ QIRLARI — Jiz zax viloyatidagi qirlar. Gʻubdintogʻning shim.-sharqida. Jan.-sharkdan shim.gʻarbga yoʻnalgan. Uz. 11 km, eni 5 km. Eng baland joyi 947 m. Relyefi oʻrtacha parchalangan, suvayirgʻich qismi yaxshi ifodalanmagan. Yon bagʻirlarining qiyaligi har xil, keng soylar bilan oʻyilgan. Karbon davrining metamorfik jinslari — slaneslaridan tuzilgan. Lessimon yotqiziqlar tub jinslar ustida kalin qatlam hosil qilgan. Turli oʻt va efemerlar oʻsadi. Flomis bilan rang va qoʻngʻirbosh tarqalgan. Bahorgi va kuzgi yaylov sifatida foydalaniladi, oʻrtacha mahsoʻldorligi gektariga 1—2 s. M. q. dan foydali qazilmalar topilgan.

Prev Article

MARJONBULOQ OLTIN KONI

Next Article

MARJONDARAXT