MARKA (nem. Marke — chegara, chegara viloyati) — 1) urta asrlarda Gʻarbiy Yevropada qoʻshni jamoa. Unda haydaladigan yer Marka aʼzolarining xususiy mulki boʻlib, yaylov, oʻrmon va b. joylar umumiy mulk hisoblangan;
2) 8—9-a. larda Frank davlatida, oʻrta asrlarda Germaniyada Markgraf boshchiligida mustahkamlangan maʼmuriy chegara okrugi.