MAROSIM — 1) diniy yoki anʼanaviy urf-odatlar munosabati bilan oʻtkaziladigan maʼraka, yigʻin: diniy marosimlar, toʻy marosimlari, dafn marosimi va b;
2) tantanalar bilan oʻtkaziladigan rasmiy yigʻin: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning ochilish marosimlari va b.