MARS

MARS, Mirrih — Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta katta sayyoralardan biri. Marsning Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 227,94 mln. km, orbitasi Quyoshga nisbatan Merkuriy, Venera va Yer orbitalaridan keyin 4 oʻrinda joylashgan. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi t= 1,85°. M. ning oʻrtacha radiusi 3388 km, massasi 6,4-1023 kg, uning Quyosh atrofida siderik aylanish davri 686,730 sutka va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri esa 24 soat 37 min. 23 s. Orbitasining ekssentrisiteta kattaligi (ye = 0,0934) tufayli Quyoshgacha boʻlgan masofasi 40 mln. km atrofida uzayib va qisqarib turadi. Sayyora ekvatorining oʻz orbitasi tekisligiga ogʻmaligi (24°48ʻ) boʻlganligi uchun fasl oʻzgarish hodisasi kuzatiladi. M. Yerdan uzoqligi boʻyicha Oy va Veneradan keyin 3 oʻrinda turadi.

Marsning Yerga eng yaqin kelish davrlari Marsning roʻpara turishi deb ataladi. Bunda Mars va Yer Quyosh markazidan oʻtadigan bir toʻgʻri chiziq yaqinida joylashgan boʻladi. Bu taxm. har 780 sutkada bir marta takrorlanib turadi. Mars bilan Yer orasidagi masofa eng kichik boʻlgan paytlarini Marsning buyuk roʻpara turishi deyiladi. U har 15—17 yilda takrorlanib turadi. Bunda Mars bilan Yer orasidagi masofa 60 mln. km dan ortmaydi. Bunday vaktlarda Marsni teles-koplar yordamida kuzatish juda qulay hisoblanadi.

Teleskoplarda koʻrinadigan Marsning sathi qizgʻishsariq va qoramtir sohalari «dengizlar», yorugʻ sohalari «qitʼalar» va qutblari yaqinidagi oq dogʻlari Marsning qutb «qalpoklari» deb nomlanadi.

Mars sirtining birinchi xaritalari 19-a. oʻrtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq xaritasi «Mars» va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan.

1877-y. da italyan astronomi Skiaparelli Mars sirtida kuzatgan qoramtir toʻgʻri chiziqlar, u oʻylagan «kanallar» boʻlmay, aslida ketma-ket joylashgan mayda qora dogʻlar ekanligi aniqlandi. Kosmik apparatlar Marsning sirtida diametri 5 km dan kam boʻlgan juda koʻp kraterlar borligini ham aniqladi. Marsning qugb qal-poqlari ikkita — pastki, yaxlagan suv (N2O) dan iborat muzliklardan va sirtqi, qalinligi uncha katta boʻlmagan (qishda paydo boʻlib, yozda erib ketadigan) karbonat angidridi (SO2) dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. Mars nyng ichki tuzilishini aks ettiruvchi matematik modellarga asosan sayyora toʻrtta: radiusi 1700 km li yadrodan, qalinligi 560 km li pastki va qalinligi 1110 km li mantiyadan hamda qalinligi 30 km boʻlgan tashqi qobiq qismlardan iborat. Marsda temirga boy jinslar koʻp. Mars atmosferasida karbonat angidridi (SO2) uning asosiy (95%) qismini, ogʻir va kimyoviy noaktiv gazlar (N2 — azot, O2 — kislorod, SO — is gazi, N2O — tindirilgan suv va b.) tashkil etadi. Mars atmosferasining harorati sayyora sirtiga yaqin joylarda 210 K ga teng. Mars atmosferasidagi bulutlar va shamollar harakati hamda tezligi ham yaxshi oʻrganilgan. Marsda radionurlanish va magnit maydon mavjud. Uzoq yillar davomida Marsni teleskoplarda kuzatish va keyingi vaqtlarda qator kosmik apparatlar yordamida undagi shart-sharoitlarni tekshirish «Marsda hayot boʻlganmi, hozir tirik mavjudotning qaysi koʻrinishi boʻlishi mumkin?» — degan savollarga uzil-kesil javob topishni yaqinlashtirmoqda.

Marsning 2 ta tabiiy yoʻldoshi Fobos va Deymos bor. Ular 1877-y. da kashf etilgan boʻlib, ekvatorial tekislikda Marsdan 9,37 ming km va 23,52 ming km masofada aylanadi, davrlari esa 7 soat 40 min. va 3 soat 21 min. Fobos va Deymos 1971-y. «Mariner-9» kosmik kemasi yordamida suratga olingan. Fobosning oʻlchamlari 26x21x18 km, Deymosniki esa 14x12x10 km. Ular juda katta xarsang toshlardir.

Next Article

MARS