MARSH (frans. marche — yurish) (harbiyda) — 1) safda baravar qadam tashlab yurish. Dushmanning toʻsatdan hujum qilish ehtimolini hisobga olib, kolonnaning oldi, orqa va yon tomonlariga maxsus qoʻriqchi boʻlinma (dozor)lar tayinlanadi;
2) muayyan joyga belgilangan muddatda yetish uchun qoʻshinlarni piyoda yoki transport vositalarida yurishi.