MARSHAL

MARSHAL (frans. marchal) — 1) oʻrta ayerlarda Fransiyada saroy mulozimlari unvoni (16-a. gacha);

2) bir qancha davlatlar (Fransiyada 16-a. dan) armiyalaridagi oliy harbiy unvon; M. unvoni 19-a. da Ispaniya, Turkiya (mushir), Italiya, Yaponiya, 20-a. da Buyuk Britaniya, Hindiston, Polsha, Finlyandiya, Ruminiya, Xitoy, Koreya, Mongoliya, Bolgariya va b. davlatlarga kiritilgan. Buyuk Britaniya, Prussiya (keyinroq Germaniya), Avstriya (keyinrok, Avstro-Vengriya) va Rossiyada Marshal unvoni general-feldmarshal unvoniga muvofiq keladi. Hoz. Rossiya armiyasida oliy harbiy unvon;

3) Polыpada — baʼzi mansabdor grajdan shaxslar unvoni (seym M. li, seymvitse Marshal li).

Next Article

MARSHALL OROLLARI