MARSHANSIYA

MARSHANSIYA (Marchantia) — jigarsimon yoʻsinlar sinfiga mansub oʻsimliklar turkumi. Tallomi lentasimon, yer bagʻirlab oʻsadi, uz. 10 sm cha, eni 1—2 sm. Unda assimilyatsiya toʻqimasi bilan toʻlgan havo kemalari bor. Tallomning ustida kamera koʻpayish vazifasini bajaruvchi chiqarish savatchalari, orqasida tuprokda biriktiruvchi rizoidlar va tangachalar joylashgan. Soyabonsimon erkak tirgaklarning us-tki tomonida anteriydilar, urgʻochi tirgaklarning nursimon qirqilgan gul oʻrnida arxegoniylar joylashgan.

Prev Article

MARSHALL REJASI

Next Article

MARQA