MARTEN

MARTEN (Martin) Pyer (1824.18.8, Burj, Fransiya — 1915.25.5, Furshambo, Fransiya) — fransuz metallurgi, alangali pechda poʻlat eritish asoschisi. Konchilik maktabini bitirgandan soʻng otasining metallurgiya z-dida ishlagan; 1854—83 y. lar metallurgiya z-di direktori. Regeneratorsh alangali pechda quyma poʻlat olish usulini taklif qilgan (1864). Bu pech keyinchalik marten pechi nomini olgan. Marten taklif qilgan marten jarayoni metallurgiyada 19-a. 70-y. laridan boshlab hozirgacha keng qoʻllaniladi.

Prev Article

MART

Next Article

MARTEN PECHI