MAʼRUPOV Asadulla Ikromovich

MAʼRUPOV Asadulla Ikromovich (1910.30.10 — Toshkent — 1965.29.10) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Oʻzbekistonda xizmat kursatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari d-ri (1949), prof. (1950). ToshTIni tugatgach, patologik anatomiya kafedrasida aspirant (1936—40), assistent (1940—43), dotsent (1943—50), prof. (1950-51). SamTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri (1951—58), ToshTI patologik anatomiya kafedrasi prof. (1958—65), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor. Oʻzbekistonda Joylangar ense-faliti, poliomiyelit, trixodesmotoksikoz patologik anatomiyasini, gemorragik isitmada nerv sistemasidagi oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston sharoitida aterosklerozning oʻtish xususiyatlarini oʻrgangan. Oʻzbekistonda patolog-anatomlar jamiyatining tashkilotchilaridan.

Prev Article

MAʼRIFATCHILIK