Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MASKAREN OROLLARI

MASKAREN OROLLARIHind okeanidagi orollar guruhi. Madagaskar o. dan sharqda. Mayd. 4486 km2. Eng yirik orollari: Reyunyon (Fransiya mulki), Mavrikiy va Rodriges (Mavrikiy davlati tarkibida). Vulkan jin-slaridan tarkib topgan. Eng baland joyi 3069 m (Reyunyon o. da). Soʻnmagan vulkanlar bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yillik yogʻin 1300—2000 mm. Togʻlar doim yashil tropik oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Shakarqamish, kokos palmasi, choy, kofe, vanil yetishtiriladi. 1507-y. da orollarni dastlab tadqiq etgan por-tugaliyalik sayyoh Pedru di Maskare-nyans nomi bilan atalgan.

Prev Article

MASKA

Next Article

MASKAT