MASUMOV Sodiq Aliyevich

MASUMOV Sodiq Aliyevich (1901.13.5, Ashxobod — 1977.11.1, Toshkent) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1946). Turkiston untining tibbiyot f-tini tugatgan (1926), shu un-t xirurgiya klinikasida ordinator (1926 — 30), assistent (1930—37), ToshTI umumiy xirurgiya kafedrasida (1943—45), keyin gospital xirurgiya kafedrasida (1951—73) mudir. 1973-y. dan prof. konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi endemik buqoqni, meʼda va ichakning yara kasalligini xirurgik usulda davolash, endemik buqoq gistopatologiyasiga, qorin boʻshligʻi kasalliklarini aniqlashga oid.

Prev Article

MASTURBATSIYA

Next Article

MASXARA