MAXDIY (taxallusi; asl ismsharifi Mulla Ahmad oʻgʻli, 19-a. oxiri — Kattaqoʻrgʻon — 20-a. boshlari) — shoir. M. Buxorodagi Jaʼfarxoʻja madrasasini bitirgach, Kattaqoʻrgʻonga qaytib, oʻz mahallasidagi bolalarni oʻkitgan, xattotlik va attorlik bilan kun kechirgan. Asarlari «Turkestanskiy kuryer» gaz. bosmaxonasida «Bayozi Maxdiy» nomi bilan nashr qilingan (1915—16). Bayozda Maxdiyning 4 ming misradan koʻproq sheʼri, Hofiz, Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Gʻoziy, Amir, Shavqiy, Miriy, Vola, Vidoyi, Ahqar, Noqis sheʼrlari va ular haqida qisqacha maʼlumot hamda Abdurahmon Jomiyning «Qavoidi muammo» («Muammo qoidalari») risolasi oʻrin olgan. Maxdiy ijodida xalqni ilmmaʼrifatga chorlash, yorqin orzu-umidlarni kuylash gʻoyasi xarakterlidir. Maxdiy gʻazallari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanayotgan qoʻlyozma bayozlarda uchraydi.