MAYDON — ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, t-rapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va b. shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Oʻtmishda Ossuriya, Bobil, qad. Misrdagi saroy va ibodatxonalar majmuasi tarkibida dabdabali hovli — M. lar boʻlgan. Ularning meʼmoriy anʼanalarini yunonlar (agara) va qad. rimliklar (form) davom ettirgan. 12 — 14-a. larla Yevropa sh. laridagi savdo-sotiq qilinadigan Maydon larbosh Maydon hisoblangan. Uyyunish davriyaa Maydonlar shahar hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, Maydonga yigilgan xalqqa zʼlon va farmoyishlar oʻqilgan. vaʼz aytilgan. Barokko, klassitsizm uslubida doirasimon, koʻpburchami, murakkab shakldagi Maydonlar shaharsozlikning tarkibiy qismiga aylantirilgan.
Oʻrta Osiyo shaqarlarila 14—16-a. larda savdo-sotiq qilinadigan gavjum joylardagi Maydonlar (mas, Registon. Chorsu) shaharsozlikning noyob namunasi sifatida diqqatga sazovordir.
Zamonaviy shaharsozlikla Maydon larning 2 turi (transport va piyodalar uchun) keng tarqalgan. Transport Maydon transport harakatiga koʻproq ixtisoslashgan, aniq maqsalga moʻljallangan boʻladi; vokzal oldi Maydon stadion, sport majmualari, sanoat korxonalari yonidagi transportlar qoʻyiladigan Maydon va b. Piyolalarga moʻljallaigan Maydonlar namoyishlar oʻtadigan bosh M., teatr, bozor. memorial (mashhur shaxslar yoki tarixiy sanalar nomi bilan atalaligan) Maydon larga boʻlinali. Bunday Maydonlar monumental sanʼat asarlari, yirik va goʻzal bi-nolar, kichik meʼmoriy shakllar, meʼmoriy ansambllarni tashkil etadi. Ularda har xil namoyish, miting, ommaviy sayil va b. oʻtkaziladi (q. Mustaqi. iik maydoni).