MAYL

MAYL — tirik organizmning biror ehtiyojini qondirishga intilishi. U qoʻmsash, noaniq ichki dard, sababsiz zerikish tuygʻulari tarzida kechishi mumkin. Intilish, havas, tilak, xohish, ishtiyoq, hatto orzu koʻrinishlarida ham mujassamlashali. U bajo keltirilgan taqdirda kishiga mamnuniyat baxsh etadi. Mayl kishidagi qobiliyat yoki endigina shakllanib kelayotgan individual xislatlarning darakchisi sifatida erta namoyon boʻlali. Mayl larning baʼzilari rivojlanib, shaxsiy ehtiyoj va qiziqishga aylanadi, baʼzilari esa tormozlanib, batamom barham topali yoxud birining oʻrnini ikkinchisi egallayli. Ijobiy yo salbiy, kuchli yoki zaif, koʻlami keng yoki tor, barqaror yo oʻtkinchi Mayllar boʻladi.

Odatda, M.-istakning orzu tizimi izchil bogʻliqlikka ega. M. ning anglashilgan darajasi moyillik deb ataladi. Moyillik shaxsni aniq faoliyat b-n shugʻullanishga qoʻzgʻatuvchi turtkidir. Moyillik negizida faoliyatga yoʻnaltirilgai barqaror ahtiyoj va unga taallukli koʻnikmalarni takomillashtirishga intilish yotadi.

Prev Article

MAYKOP MADANIYATI

Next Article

MAYMANOQTOV