MAYMUNLAR

MAYMUNLAR (Simia) – primapiar turkumiga mansub yuksak rivojlangan sut zmizuvchilar ksnja turkumi. Odam ham shu kenja turkumga kiradi. Maymunlar keng va tor burunli Maymunlar guruhiga bulinali. Keng burunli M. Markaziy va Jan. Amerikada, tor burunli Maymunlar Osiyo va Afrikada tarqalgan. Tor burunli Maymunlar martishkalar va odamsimon Maymunlar oilasiga boʻlinali. Olamsimon Maymunlarga shimpanze, gorilla, orangutan, gibbon kiradi. Maymunlar gavdasining uz. 16 sm dan (oʻynoqi maymunlar) 2 m gacha (gorilla). Vazii 400 g dan 200 kg gacha. Daraxtda va yerda xayot kechiradi. Koʻpchilik Maymunlar qoʻl va oyogʻining bosh barmogi boshqa barmoqlariga qaramaqarshi joylashgan boʻlib, daraxtlar shoxiga osilishga va buyumlarni ushlashga moslashgan. Barmoqlarida tirnoqlari bor; oʻmrov su-yagi rivojlangan. Maymunlarning koʻrish, zshitish va tuygu organlari yaxshi rivojlangan, hidni yaxshi sezmaydi. Bosh miyasi nisbatan yirik, bosh miya katta yarim sharlari yuzasida burmalar koʻp. Kalla qutisi skeleti yuz skeletiga pisbatan yirik. Mimika muskullari yaxshi rivojlangan. Tishlarining tuzilishi, soni, joylashishi odamnikiga oʻxshash. Lskin kurak tishlarining birmuncha yirik uzunroq va liastemasi (tish oraligʻi) boʻlishi bilan odamnikidan farq qiladi. Dumlari uzun (koat) yoki rudiment holatda (odamsimon maymunlar). Keng burunli maymunlar dumi gajaksimon shaklda. Urgochilarining sut bezlari bir juft, koʻkragila joylashgan. Maymunlar gala boʻlib yashayli. Boʻgozlik davri 3—9 oy. 1—2 ta bola tugadi. Tutqinlikda ham koʻpayadi. Maymunlar, asosan, oʻsimlik va mevalar b-n oziqlanadi.

Prev Article

MAYMUN YILI

Next Article

MAYN