MAYSUR, Mayeop — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Karnataka shtatida, Chamundi togʻi etagidagi soylikda. Aholisi 866 ming kishi (2001). T. y. tuguni. Toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama), oziq-ovqat (sholi oqlash, yogʻmoy), kimyo (oʻgʻitlar, plastmassa) sa-noati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, metall, yogʻoch va suyakdan turli buyumlar yasaladi. Un-t (1916), un-t qoshida i. t. markazlari, q. x. kolleji va b. oʻquv muassasalari bor. Shahar yaqinida 1930-y. da mashhur «Favvoralar bogʻi» qurilgan. Hayvonot bogʻi bor. Sayyohlar koʻp keladi.