MEGAFON

MEGAFON (mega… va…fon) — tovushni maʼlum yoʻnalishda kuchaytirib tarqatadigan radiokarnay. Koʻpincha, konussimon suyri shaklda alyuminiy qotishmasidan yasaladi, dastasi ham boʻladi. Radiokarnayning soplosimon kengayib borishi hisobiga tovushni jamlab kuchaytirib beradi. Odamlar koʻp toʻplanadigan joylar (portlar, stadion, vokzal va b.)da qoʻllaniladi.

Prev Article

MEGASPOROFILL

Next Article

MEGRELIYA KNYAZLIGI