MEHMONXONA

MEHMONXONA — 1) turar joylarda mehmon uchun moʻljallab alohida qurilgan katta xona. Oʻrta Osiyo xalqlarida Mehmonxona qadimdan mavjud boʻlib, odatda, tashqi hovlida eng qulay joyda 2 xona (dahliz hamda ichkixona) qilib qurilgan. Mehmonxona hovli va uy mujassamotining asosiy va muhim oʻrnini egallagan, boshqa xonalarga nisbatan keng, baland, hashamatli qilib qurilgan, boʻyama va oʻyma na-qshlar bilan serhasham bezatilgan. Har bir viloyatning Mehmonxona lari oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib, taxmon va tokchalar ishlangan. Palak, gulkoʻrpa, choyshab, zardevor, gilam va b. mehmon kutish uchun kerakli boʻlgan bu-yumlar bilan jihozlangan (yana q. Ahmad-bekhoji mehmonxonasi, Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat muzepi va b.);

2) boshqa joydan mehmon boʻlib kelgan kishilar uchun vaqtincha yashab turishga moʻljallab qurilgan maxsus bino. Dastlabki Mehmonxona koʻrinishidagi bi-nolar Ossuriyada (mil. av. 10-a.) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Mac, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, «zoviya», arablarda «xon», Rossiyada «Gostiniy dvor», «korchma», Fransiya va Ispaniyada «taverna», «xarchevna», inglizlarda «inna», yaponlarda «ryokan» kabi. 18-a. dan boshlab Fransiyada «otel» nomi bilan yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi Mehmonxonalar ilk bor Rossiya (Moskva)da 1879-y. qurilgan (mas, «Grand-Otel» M. si, u 1959-y. «Moskva» M. si bilan birlashtirilgan). Oʻrta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905-y. qurilgan («Natsional», keyinchalik «Sharq» deb nomlangan). Aholining madaniy va maishiy sharoiti oʻsishi, savdosotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbilarmonlarning oʻzaro uchrashuvlari turli turdagi Mehmonxonalar qurilishini tezlashtirdi, shuningdek, poytaxt shaharlarida, dam olish maskanlarida, tarixiy yodgorliklar yaqinida ham koʻplab Mehmonxonalar qad koʻtardi. Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib «Le Meridian Toshkent», «Oʻzbekiston», «Turon», «Afrosiyob», «Chorsu», «Buxoro», «Interkontinental», «Sheraton», «Dedeman silkraud», «Grand mir» va b. mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli Mehmonxonalar («Lokomativ», «Sayohat», «Kosmos» va b.), umumiy Mehmonxona, turistlar Mehmonxonasi, yoʻlovchilar (aeroport, vokzal, avtovokzal va b.) M. si, sportchilar Mehmonxonasi, avtoturistlar Mehmonxonasi (motel, kemping va b.), zamonaviy klass, razryadga boʻlingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablariga javob bera oladigan Mehmonxonalar bunyod etilmoqda.

Prev Article

MEHMED II FOTIH

Next Article

MEHNAT