MENISK

MENISK (yun. menishos — yarim oy) — 1) ikki sferik sirt bilan chegaralangan qavariq-botiq yoki botiqqavariq linza. Optik asboblarda qoʻllaniladi (q. Meniskli teleskop);

2) ingichka naycha (kapillyar) devorlari yoki birbiriga yaqin turgan ikki plastinka orasidagi suyuqlikning qiyshaygan sirti. Maʼlumki, biror sirtga tekkanda uni hoʻllaydigan (yuqadigan) va hoʻllamaydigan (yuqmaydigan) suyuqliklar boʻladi. Sirtni hoʻllaydigan suyuqlikda botik Menisk, hoʻllamaydigan suyuqlikda qavariq Menisk boʻladi (yana q. Kapillyar hodisalar).

Next Article

MENORRAGIYA