MERIDA

MERIDA — Meksikaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Yukatan ya. o. da, Yukatan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 703 ming kishi (2000). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dagʻal tolali xeneken (agava) yetishtiriladigan yirik q. x. rayonining markazi. Toʻqimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on i. ch.), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, koʻn-poyabzal, sement sanoati korxonalari mavjud. Un-t, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. Shaharga 1542-y. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-a. larda qurilgan binolar saqlangan.

Prev Article

MERGEL