METALLSHUNOSLIK

METALLSHUNOSLIK — metallarning tarkibi, ichki tuzilishi va xossalarini, ular orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan fan. Shartli ravishda nazariy va amaliy kismlarga boʻlish mumkin. Nazariy qismda turli taʼsirlar natijasida metall va krtishmalarda yuz beradigan jarayonlar hamda ularning tuzilishiga oid umumiy qonuniyatlar oʻrganiladi. Asosiy boʻlimlari: metall va qotishmalarning metall holati va fizik xossalari nazariyasi, kristallanish, metall va qotishmalardagi faza muvozanati, diffuziya, qattiq holatdagi faza aylanishlari, plastik deformatsiya, tartiblanish, yemirilish va qayta kristallanish jarayonlarining fizik nazariyasi. Nazariy Metallshunoslik koʻp jihatdan metallar fizikasi bilan bogʻliq. Amaliy (texnik) qismda metallarga ishlov berish (termik ishlash, quyish, bosim bilan ishlash) dagi texnologik jarayonlarning asoslari hamda metall materiallarning konkret klasslari oʻrganiladi (q. Metallar texnologiyasi, Metallarni ishlash). M. metallarning kristall tuzilishi, metallografiya, rentgenografiya, korroziya, metallarning fizik-mexanik xossalari va termik hamda kimyoviytermik ishlashning bu xossalarga taʼsiri, legirlovchi elementlarning metallar xossalariga taʼsiri, metallarni sinash toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻz ichiga oladi. Metallshunoslikda metallga musbat ionlarning davriy maydonida harakatlanadigan elektronlar yigʻindisi sifatida qaraladi (q. Metallar). Metallar va qrtishmalar elektron nazariyasining rivojlanishi aloqida fizik xossali (oʻta oʻtkazuvchan, magnit xossali va b.) qotishmalar yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Metallshunoslikning rivojlanishida plastik deformatsiya va kristallik tuzilish nuqsonlari fizik nazariyasi muhim rol oʻynaydi.

Qadimda Metallshunoslik masalalari bilan Sharqda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham shugʻullanilgan, xususan, yangi metallar (mas, oltin) ni sunʼiy yoʻl bilan olishga harakat qilingan (q. Alximiya), tabiiy ravishda bulat olingan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida Metallshunoslikga doyr maʼlumotlar bor. Ilmiy Metallshunoslikga 19-a. 2 yarmida asos solindi. Metallshunoslik Lomonosov jahonda birinchi boʻlib metallarning yaltiroklik va plastiklik xossalarini tasvirlab berdi va zarur xossali qotishmalar hosil qilish yoʻlini koʻrsatdi. Rus metallurgi P. P. Anosov 1831-y. da bulat tayyorlash sirlarini ochdi. U poʻlatning ichki tuzilishini oʻrganishda jahonda birinchi boʻlib mikroskoщu&ch foydalandi. Fransuz olimi G. K. Sorbi 1864-y. da mikrofotografiya usulidan foydalanib, temir meteoritlar va temir na-munalarning mikrostrukturasini tadqiq qildi.

Metallshunoslikning ilmiy asoslarini rus olimi D. K. Chernov 19-a. oxirida yaratdi. U poʻlatning xossalari kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Fransuz olimi F. Osmond uning ishini takrorlab, anikliklar kiritdi. Chet el olimlari R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatelye va b. ning ishlari asosida temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammasi tuzib chikildi. Metallshunoslikning keyingi taraqqiyoti chet el olimlari E. Beyn, G. Ganneman, F. Vefer, G. Es-ser, R. Mel va b. nomi bilan bogʻliq.

Olimlarning tadqiqotlari natijasida baʼzi rangdor metallarning qotishmalari ham toblanishi mumkinligi aniqlandi, yangi antifriksion materiallar (qotishmalar) tayyorlandi, metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizik xossalari orasida bogʻlanish borligi aniqlandi va «tarkibxossa» diagrammalari tuzildi.

Metallshunoslik fani, dastlab, kora metallarni oʻrganish bilan shugʻullandi, sekin-asta rangli metallar va ularning krtishmalarini ham oʻrganishga kirishdi, Texnikaning yangi sohalari rivojlanishi munosabati bilan radiatsiya, juda past t-ralar, yuqori bosim va b. metall va qotishmalarga qanday taʼsir qilishini oʻrganish masalachari paydo boʻldi.

Ad.: Shteynberg S. S, Metallovedeniye, Sverdlovsk, 1961; Gulyayev A. P., Metallovedeniye, 4 izd., M., 1966; Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.

Vohid Mirboboyev.

Prev Article

METALLOTERMIYA

Next Article

METAMORFIZM