MIGRATSIYA

MIGRATSIYA (lot. migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman) — 1) aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (q. Aholi migratsiyasi);

2) hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (q. Hayvonlar migratsiyasi);

3) kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (q. Elementlar migratsiyasi);

4) energiyaning bir zarrachadan boshqasiga oʻtishi (q. Energiya migratsiyasi);

5) kapitalning qoʻshimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi.

Prev Article

MIASTENIYA

Next Article

MID