MIKROMODUL (radi otexnikada) — ixcham mikroelementlari (elektr va radioelementlari) zich joylashtirilgan radioelektron apparaturaning ixcham modeli. Yupqa plastinkalardan iborat mikroelementlar — rezistorlar, kondensatorlar, yarimoʻtkazgichlar, diodlar, tranzistorlar va b. dan yigʻiladi (plastinkalar orasiga zichlovchi polimer kompaund quyiladi). Mikromodulning javonsimon, tabletkasimon, silindr shaklidagi, yassi xillari bor. M. samolyot va kemaning radioelektron apparatlarida, radiotexnika asboblarida ishlatiladi.