MILLIKEN Robert Endrus

MILLIKEN Robert Endrus (1868.12.3, Morrison — 1953.19.12, SanMarino) — amerikalik fizik. Oberlin kollejini (Ogayo) tugatgan (1891). Berlin va Gyottingen un-tlarida (1895—96) va Chikago untida ishlagan (1896). Kaliforniya texnologiya in-tining Norman Brijlab. direktori (1925—26). Milliken elektron zaryadini oʻlchash usulini yaratgan. A. Eynshteynning fotoeffekt tenglamasi ustida tajriba oʻtkazgan. Plank doimiysinsng son qiymatini birinchi boʻlib aniqlagan (1912—15). Ilmiy ishlari kosmik nurlarga ham oid. Nobel mukofoti laureati (1923).

Prev Article

MILLIY GʻOYA

Next Article

MILLION