Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MILLIY TIKLANISH

«MILLIY TIKLANISH»Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratii, partiyasi (MTDP) gazetasi. 1995-y. 10-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada 1-marta chop etiladi. Muassisi: Uzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Siyosiy kengashi va «Milliy tiklanish» gaz. ijodiy jamoasi. Mustaqil davlat sharoitida totalitar rejimdan qolgan asoratlarni tugatishga, til, tarix, madaniyat, maʼrifat, maʼnaviyat sohalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida tiklanishga, shu gʻoyalarni ijtimoiy hayot qatlamlari ichiga chuqur kirib borishiga va shu asosda yangi hayotiy va insoniy qarashlarning ustuvor boʻlishiga erishish yuzasidan MTDP olib borayetgan faoliyatni yoritish gaz. ning asosiy vazifasidir. Bosh muharriri Ibrohim Gʻafurov. Adadi 3000 (2003).