Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MILSHTEYN

MILSHTEYN (Milstein) Sezar (1927.8.10, Bayya-Blanka) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayresdagi un-tni kimyogar mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1952). Buenos-Ayresdagi Milliy mikrobiologiya in-ti molekulyar biol. boʻlimi (1961), Kembrij unti biokimyo boʻlimi oqsil va nuklein kislotalar lab. mudiri (1983-y. dan). 1975-y. da G. Kyoler va Milshteyn faqat bitta maxsuslikka ega boʻlgan antitelolarni sintez qiluvchi hujayra gibridlarini olish usulini ishlab chiqib, gibridom biotexnologi-yasiga asos solishdi. Monoklonal antitelolar olish va immunogenezning tursimon nazorati boʻyicha kashfiyotlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1984, G. Kyoler va N. K. Yerne bilan hamkorlikda).

Prev Article

MILTON

Next Article

MILYA