MINERAL OʻGʻITLAR

MINERAL OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral oʻgʻitlar 19-a. dan tarqalaboshlagan. 20-a. oʻrtalaridan Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va b. chiqindilar ishlatilgan. Mineral oʻgʻitlar tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h. k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. Mineral oʻgʻitlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil mikdorini koʻpaytiradi. Mineral oʻgʻitlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, Mineral oʻgʻitlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganes, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash Mineral oʻgʻitlar z-dda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa z-dda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan Mineral oʻgʻitlar (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va b.) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. Mineral oʻgʻitlar qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.

Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va b. ga bogʻliq. Q. x. ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan Mineral oʻgʻitlar meʼyorini toʻgʻri belgilash Mineral oʻgʻitlardan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga mikdori bilan belgilanadi. Mineral oʻgʻitlar usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar mikdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur щaroitlarni xisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak. Mineral oʻgʻitlar yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaktida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. Mineral oʻgʻitlarni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi.

Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30—70 kg azot, 10—20 kg fosfor, 30—60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxm. 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan NPK M. oʻ. ning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa q. x. mahsulotlarini beradi. I . t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.

Jahonda 20-a. ning 90-y. lari boshida 150 mln. t. dan koʻproq Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Yaponiya va b. mamlakatlarda Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish rivojlangan va ularni qoʻllash aholi jon boshiga 32 — 80 kg va undan ortiq NPK ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda Mineral oʻgʻitlar 20-a. ning 20-y. laridan qoʻllanila boshlagan. 2001-y. da Oʻzbekistonda 801 ming t (100% oziq modda hisobida) Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi (q. Agrokimyoviy xaritagramma, Azotli oʻgʻitlar, Kaliyli oʻgʻitlar, Mikrooʻgʻitlar, Fosforli oʻgʻitlar).

Risqivoy Yoqubov.

Prev Article

MINERAL TURI

Next Article

MINERAL QOʻSHIMCHALAR