MING

MING, minglar — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Hoz. Samarqand viloyati, qisman Fargʻona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Denov tumanlarida, Xorazmda va Tojikistonning Hisor tumanida yashaganlar. Zarafshon vodiysida yashovchi Minglar 3 yirik uruqqa, bu urugʻlar, oʻz navbatida, yana bir qancha kichik urugʻlarga boʻlingan: 1)tugʻali (axmat, chagʻir, toʻyi namoz, oqshiq va b.);

2) bogʻlon (chibli, qora, mirza va b.);

3) uvoq tamgʻali (algʻol, chaut, jayli, oʻramas, toʻqnamoz, kiyuxoʻja, yarat) urugʻlari. Minglar boshqirdlar tarkibiga ham kirgan. Qoʻqon xonlari (q. Qoʻqonxonligi) Ming lardan boʻlgan. Buxoro vohasida yashagan Minglar ham Buxoro xonligi siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xonliqdagi muhim mansablarni Mingning beklari egallab kelgan. Oʻratepa va Urgut beklari ham Ming lardan boʻlgan. 19-a. ning oxiriga kelib Ming larning koʻpchiligi oʻtrokdashib, dehqonchilik va pillachilik bilan shugʻullanishgan. Togʻli tumanlar hamda choʻllarda oʻrnashib qolgan Minglar chorvachilik bilan ma-shgʻul boʻlishgan. Ming ayollari gilam toʻqish, kigiz bosishni yaxshi bilishgan.

Prev Article

MINAS-JERAIS

Next Article

MING