«MIR» — Yerga yaqin orbita boʻylab uchish uchun moʻljallangan SSSRning orbital st-yasi nomi; 1986-y. 20 fev. da uchirilgan. Maksimal massasi 40 t, maksimal uz. 40 m. «Mir» «Salyut» orbital st-yasi loyhasi asosida yaratilgan. «Mir» yangi tutashtiruvchi sistema b-n jihozlangan. Kosmonavtlar uchun qulayliklar yaratilgan. «Mir»da 55 ta maqsadli tadqiqotlar oʻtkazilib, undan 29 tasi xalqaro hamkorlikda bajarilgan. 2001-y. 23-martida oʻz fa-oliyatini tugatgan.