MIRA (lot. mira — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi oʻzgaruvchan yulduz. 1596-y. da nemis astronomi Fabritsius aniqlagan. Ravshanligi oʻrtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi orasida oʻzgarib turadi. Miraning diametri taxm. 500 mln. km, Quyoshdan uzoqligi 77 parsek.