MIRZACHOʻL — Guliston sh. ning 1961-y. gacha boʻlgan nomi. 1895-y. da Toshkent — Samarqand t. y. yoqasida bunyod etildi. Keyinchalik bu yerda Duxovskiy va Spasskiy aholi punktlari paydo boʻldi va ularning birlashishidan Mirzachoʻl posyolkasi vujudga keldi. Shu davrda Mirzachoʻlda tegirmon, objuvoz, kustar holda paxta tozalaydigan mayda korxonalar boʻlgan. 1912-y. da Mirzachoʻlda paxta tozalash z-di qurildi. 1952-y. da Mirzachoʻl shahar maqomini oddi.